So’nggi yangiliklar

12:23Жавоҳир Синдаров жамоаси Женевага ўзбек ошпазларини олиб борди 0 11:48Қирғизистон футзал бўйича Осиё Кубогига мезбонлик қилади 0 11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0 10:28Халқаро велоспорт федерацияси президенти Давид Лаппартьян Тошкентга келди 0 09:50Хамзат Чимаев: «Уларнинг барчасини синдирмагунимча кетмайман» 0 09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан мағлуб бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0 16:30Гандбол. Осиё чемпионатида Қозоғистонга мағлуб бўлдик 0

27 noy 12:23
Yangiliklar

SHaxmat

Javohir Sindarov jamoasi Jenevaga o'zbek oshpazlarini olib bordi

Teglar :  Javohir Sindarov
Jenevadagi jahon chempionligi bahslari davomida Javohir Sindarov va uning jamoasi uchun o'zbek milliy taomlari tayyorlanadi.

Buning uchun Evropaning turli mamlakatlarida yashovchi ikki nafar o'zbekistonlik oshpaz taklif qilingan. Ular uch hafta atrofida davom etishi kutilayotgan musobaqa paytida jamoaga xizmat ko'rsatadi.

O'zbekiston shaxmat federaciyasining xalqaro aloqalar bo'limi rahbari Saidmurod Dilmurodov bu haqda The Indian Express nashriga bergan intervyusida malum qildi. Uning takidlashicha, davlat shaxmatni qo'llab-quvvatlaydi va Javohirning chempionlik bahsiga tayyorgarligi uchun katta mablag' ajratilgan. Sportchining kayfiyati ovqatlanishiga ham bog'liq bo'lgani sababli, jamoa unga tanish taomlar va qulay muhit yaratishni ko'zlagan.

Dilmurodov o'zbeklar milliy oshxonani xush ko'rishini takidlab, yurtdoshlarining katta qismi Javohirni qo'llab-quvvatlash uchun Evropadan Jenevaga kelishini kutmoqda. Uning aytishicha, O'zbekistonda shaxmatchidan katta natija kutishyapti va bu yilgi musobaqa mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega. Javohir esa chempionlik bahsi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida turli mamlakatlar taomlarini tatib ko'rishga qarshi emasligini bildirgan edi.

Javohirning raqibi, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga ham Jenevada uy taomlari tayyorlab berishyapti. Uning vatandoshlari hind shaxmatchisini milliy taomlar bilan qo'llab-quvvatlamoqda.

SHaxmatchilarning yirik musobaqalarda shaxsiy oshpaz xizmatidan foydalanishi avval ham kuzatilgan. Masalan, besh karra jahon chempioni Magnus Karlsen muhim turnirlarga o'z oshpazini birga olib borgan.

Jahon chempionligi uchun kechayotgan dastlabki uch partiyaning barchasi durang bilan yakunlandi. Hozircha Javohir Sindarov va Gukesh Dommarajuda 1,5 ochkodan bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing