27 noy 08:34
Yangiliklar
Dyorn UFC 338 turnirida chempionlik kamarini himoya qiladi
U 13 mart kuni Anaxaymda bo'lib o'tadigan UFC 338 turnirida oktagonga qaytadi.
Uning raqibasi divizionning kuchli uchligini yakunlab turgan braziliyalik Deniz Gomes bo'ladi. Jang o'tkazilishi haqida vaziyatga yaqin bo'lgan malumotli manbalar xabar berdi.
O'tgan yilning oktyabr oyida vakant bo'lgan chempionlik kamarini Makkenzi Dyorn hakamlarning yakdil qarori bilan Virna Yandirobani mag'lub etib, qo'lga kiritgandi. Joriy yilning avgust oyida esa asli braziliyalik Jillian Robertsonni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etib, chempionlik kamarini birinchi marta himoya qildi.
Braziliyalik Denis Gomes so'nggi jangida chempionlik kamari uchun sobiq davogar Syaonan Yanni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, beshta g'alabadan iborat seriyani davom ettirmoqda.

Fikrlar