27 noy 08:03
Yangiliklar
Javohir Sindarov: "Bazi narsalar ustida ishlashim kerak"
Amaldagi chempion hindistonlik Gukesh Dommaradju qora donalarda harakat qilib, durang natija qayd eta oldi. Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Nomzodlar turniri g'olibi Javohir Sindarov partiya haqida fikr bildirdi.
"So'nggi yurishni 7 soniya qolganda o'ynadim! Bazi narsalar ustida ishlashim kerak, lekin umuman olganda, o'sha qiyin vaziyatda durang o'ynashga muvaffaq bo'lganimdan xursandman. G'alaba qozonish uchun o'ynashdan durangga o'ynash qiyin, lekin baribir bugun yaxshi o'ynaganimdan xursandman!
Men juda yaxshi poziciyaga ega bo'ldim deb o'ylagandim, lekin aslida raqibim yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Men shunchaki imkoniyatlar topishga harakat qilyapman, chunki oqlar bilan o'ynayapman, ammo o'yinda men poziciya butunlay teng ekanligini tushuna boshladim", dedi Sindarov.

Fikrlar