26 noy 14:26
Yangiliklar
Futbol
"Real" 2026/27 yilgi CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga birinchi bo'lib yo'l oldi
"Real" 2026/27 yilgi mavsum CHempionlar Ligasining pley-off bosqichida ishtirok etishni kafolatlagan ilk jamoaga aylandi.
25 noyabrdan 26 noyabrga o'tar kechasi CHempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-tur uchrashuvlari yakunlandi. "Qaymoqranglilar" seshanba kuni PSVni yirik hisobda mag'lub etdi (5:1) va 15 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda — Madrid jamoasi birorta ham o'yinda mag'lub bo'lmadi va yo'qotishlarsiz borayotgan yagona klub bo'lib turibdi.
"Real" umumiy bosqichning qolgan uchrashuvlarida mag'lub bo'lgan taqdirda ham, matematik jihatdan 23-o'rindan pastga tushib ketmaydi. SHu tariqa, "qaymoqranglilar" CHempionlar Ligasining pley-off bosqichida ketma-ket 30-marta ishtirok etadi.
Havola :
Manba : realmadrid.com
Fikrlar