26 noy 10:06
Yangiliklar
Saber Tashkent Grand Prix 2026 - IJF tarixida ilk bor o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan musobaqa! FOTOGALEREYA
Mukofot jamg'armasi 50 000 evroni tashkil etgan Gran-Pri turkumiga kiruvchi musobaqada dunyoning 4 qitasidan kelgan 19 davlatning jami 250 nafar dzyudochisi 16 ta (8 ta qizlar, 8 ta o'g'il bolalar) vazn toifasida medallar uchun bahs olib bordi.
Etiborlisi, ishtirokchi davlatlarning 10 tasi kamida bitta Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026 medalini qo'lga kiritdi. Barcha qita vakillari bo'lmaganda bitta bronza medaliga ega chiqishdi. Bu o'z o'rnida turnirda kechgan raqobatdan darak beradi.
Ikki kunlik bellashuvlar yakunida 6 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan Rossiya Federaciyasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Butun musobaqa davomida muxlislar qo'llab-quvvatlovini his qilib turgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 5 ta oltin, 7 ta kumush, 14 ta bronza, jami 26 ta medal bilan ikkinchi o'rinni band etdi. Medallar soni bo'yicha dzyudochilarimiz birinchi bo'lishdi. Uchta oltin va bitta kumush medalga ega Kanada terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Xulosa o'rnida shuni aytish kerak-ki, Xalqaro dzyudo tarixida ilk bor tashkil etilgan va unga O'zbekiston poytaxti mezbonlik qilgan Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026 turniri o'smir dzyudochilarga katta xalqaro tajribani taqdim etdi. Ekspertlar esa musobaqa yuqori saviyani tashkil etilganini etirof etishdi.
Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026. SHohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-48 kg: Alina Kolyucheva
-50 kg: Safoxo'ja Sayfulloev
-60 kg: Ozodbek Olimov
-63 kg: Parizoda Yo'ldosheva
+90 kg: Alibek Durdiev
Kumush medallar
-50 kg: SHuhrat Muhammedxanov
-57 kg: Zuhra Alimova
-70 kg: SHoxista To'raeva
-73 kg: CHingiz Salimov
-81 kg: Samandar Sunnatov
-90 kg: Elnur Xolmurodov
+70 kg: Hulkar Baxtiyorova
Bronza medallar
-40 kg: Farangiz Baxtiyorova
-44 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Zuhra Jo'raeva
-48 kg: Mohinur Ollaberganova
-52 kg: CHaros Hikmatova
-50 kg: Sanjarbek Mirg'iyosov
-55 kg: SHohjahon Usmonov
-55 kg: Azizbek Raupov
-63 kg: Hosiyat Sobirova
-70 kg: Ziyoda SHomurodova
-70 kg: Poshshajon Jumaboeva
-81 kg: SHohmurod SHomurodov
-81 kg: Jasurbek Turkmanov
-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov













































Fikrlar