25 noy 08:34
Yangiliklar
Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026. Birinchi kun 12 ta medal qo'lga kiritdik! FOTOGALEREYA
Yosh dzyudochilarimiz birinchi kun dasturida 3 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza, jami 12 ta medal qo'lga kiritishdi. Safoxo'ja Sayfulloev, Ozodbek Olimov va Alina Kolyucheva sharafiga O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Finalda Sayfulloevga engilgan SHuhrat Muhammedxanov kumush medalga ega chiqdi.
Rossiya terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega Qozog'iston terma jamoasi 3-pog'onadan joy olgan. Kanada va Tojikiston delegaciyalari hisobida ham bir nafardan chempion bor. Jami 9 davlat dzyudochilari Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026 turnirining birinchi kuni shohsupaga ko'tarildi.
Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026. Birinchi kun g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-48 kg: Alina Kolyucheva
-50 kg: Safoxo'ja Sayfulloev
-60 kg: Ozodbek Olimov
Kumush medal
-50 kg: SHuhrat Muhammedxanov
Bronza medallar
-40 kg: Farangiz Baxtiyorova
-44 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Zuhra Jo'raeva
-48 kg: Mohinur Ollaberganova
-52 kg: CHaros Hikmatova
-50 kg: Sanjarbek Mirg'iyosov
-55 kg: SHohjahon Usmonov
-55 kg: Azizbek Raupov




















Fikrlar