24 noy 17:00
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic 2026 turnirida qatnashadi
O'zbekiston sharafini musobaqaning asosiy — Masters guruhida ishtirok etadigan grossmeyster Nodirbek Abdusattorov himoya qiladi. U yana to'qqiz nafar kuchli shaxmatchi bilan dona suradi:
- Nodirbek Abdusattorov — O'zbekiston (2772)
- Nixal Sarin — Hindiston (2720)
- Levon Aronyan — AQSH (2719)
- Endi Vudvord — AQSH (2635)
- Vasiliy Ivanchuk — Ukraina (2635)
- Gaveyn Maroroa Jons — Angliya (2630)
- Igor Samunenkov — Ukraina (2610)
- Lyuk Maksheyn — Angliya (2606)
- Maykl Adams — Angliya (2597)
- SHreyas Royal — Angliya (2537)
Masters guruhida partiyalar klassik shaxmat vaqt nazorati asosida, davra tizimida o'tkaziladi. Har bir shaxmatchi jami to'qqizta turda qatnashadi.
Turnirning birinchi turi ertaga, 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Masters guruhi uchun ajratilgan umumiy mukofot jamg'armasi 131 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib 65 500 dollar mukofot oladi.
London Chess Classic doirasida 5–6 dekabr kunlari Super Rapid musobaqasi ham o'tkaziladi. O'n turdan iborat bahslarda norvegiyalik Magnus Karlsen ham ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, Nodirbek Abdusattorov 2025 yilgi London Chess Classic Masters turnirida to'qqiz imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'arib, g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar