So’nggi yangiliklar

09:05Жалолов ҳам, Уайт ҳам эмас. Деонтей Уайлдерга бошқа рақиб берилди + ПОСТЕР 0 08:34Бугун Женевада Жаҳон тожи учун Гукеш ва Синдаров ўртасидаги суперматч бошланади 0 08:03"Истанбул Башакшеҳир" 13 дақиқада 4 та гол уриб, супекамбек намойиш этди 0 07:32Mangu 7 турнирининг яна бир жанги эълон қилинди. Унда мағлубиятсиз одимлаётган ҳамюртимиз иштирок этади (ПОСТЕР) 0 07:01Бугун тарихий Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026 турнири старт олади 0 19:58Никита Белозерцев Анқара Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 19:27Лапорта: “Бу йил "Барселона" йили бўлиши керак” 0 18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0 18:25Умар Нурмагомедов Абу-Дабидаги ҳодисага илк бор изоҳ берди 0 17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0

24 noy 09:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Jalolov ham, Uayt ham emas. Deontey Uaylderga boshqa raqib berildi + POSTER

Bu xabarni rasman 11 dekabr kuni Uelsning Kardiff shahrida Zuffa Boxing kompaniyasi tomonidan "Principaliti" stadionida o'tkaziladigan professional boks turniri tashkilotchilaridan biri Dana Uayt tasdiqladi.

Unga ko'ra, SHotlandiyada yashovchi kongolik 33 yoshli Martin Bakole yangi zelandiyalik Jey Opetayaning o'rnini egallaydi. U asosiy jangi Tayson Fyuri - Entoni Joshua bo'lgan oqshomning anderkardida amerikalik sobiq jahon chempioni 41 yoshli Deontey Uaylderga qarshi ringga ko'tariladi. 

Malumot uchun, 2024 yilning avgust oyida Martin Bakole mag'lubiyatsiz bo'lgan Jared Andersonni beshinchi raundda to'xtatgandi. O'tgan yilning fevral oyida WBOning vaqtinchalik chempioni Jozef Parkarga qarshi jang qilishga ikki kunlik xabarnoma bilan rozi bo'lib, xavfli qaror qabul qildi va ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub bo'ldi. Uch oy o'tgach, Bakole Efe Ajagbaga qarshi kechgan jangini sust boshladi, ammo nigeriyalik bilan o'n raundlik bahsni durang bilan yakunlashga muvaffaq bo'ldi.

2021 yil oktyabr oyida Tayson Fyuri bilan chempionlik trilogiyasining muvaffaqiyatsiz yakunlanishidan so'ng, Deontey Uaylder Robert Xeleniusni birinchi raundda nokautga uchratib, faoliyatini muvaffaqiyatli yo'nalishga qaytardi. Ammo keyin Jozef Parkerdan ochkolar hisobida, xitoylik CHjiley CHjandan texnik nokaut bilan mag'lub bo'lib, ketma-ket ikki marta yutqazdi. SHunga qaramay, "Bronza bombardimonchisi" g'alaba seriyasini tiklay oldi, u so'nggi ikki jangida Tayrell Xerdonni nokautga uchratdi va Derek CHisora ustidan ochkolar hisobida g'alaba qozondi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing