23 noy 19:58
Yangiliklar
Tennis
Nikita Belozercev Anqara CHellenjerining asosiy to'riga yo'l oldi
Mamlakatimizning uchinchi raqamli raketka ustasi Nikita Belozercev Turkiyaning Anqara shahrida bo'lib o'tayotgan ATP Challenger turniri saralashida ishtirok etdi.
Dastlab, 17 yashar Nikita turkiyalik 28 yoshli Koray Kirchini 6/1, 6/2 hisobida taslim etdi. Kirchi bu o'yingacha ATP reytingida 1426-o'rinni egallab turgandi.
Kvalifikaciya bosqichi finalida esa Belozercev germaniyalik Aaron Funk bilan bahs olib bordi va bu safar ham qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi — 6/2, 6/2.
Taqqoslash uchun, Nikita Belozercev hozirda dunyo reytingida 845, 20 yoshli Funk esa 748-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar