31 okt 07:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Nikita Czyu dekabr oyida ringga qaytadi
Avstraliyalik bokschi Nikita Czyuning keyingi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
U 6 dekabr kuni AQSHning Glendeyl shahridagi Desert Diamond Arena’da meksikalik Roberto Valensuelaga qarshi ringga chiqadi.
Czyu so'nggi jangini avgust oyida Ben Maoniga qarshi o'tkazgan. Bahs hakamlar qarori bilan durang yakunlangandi.
Avstraliyalik bokschi professional faoliyati davomida 12 ta g'alabaga erishgan, shundan 10 tasini nokaut bilan qo'lga kiritgan. Uning hisobida 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang ham bor.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar