14 okt 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Tim Czyuning keyingi raqibi malum bo'ldi
Sobiq jahon chempioni, avstraliyalik Tim Czyuning navbatdagi raqibi elon qilindi.
No Limit Boxing promouterlik kompaniyasi Czyuning o'rta vazn toifasida amaldagi WBA chempioni Erislandi Lara bilan jang qilishini elon qildi.
Jangning sanasi va o'tkaziladigan joyi keyinroq malum qilinishi aytilgan.
31 yoshli Tim Czyu professional boksdagi faoliyatini 2016 yilda boshlagan. Sobiq mutlaq jahon chempioni Kostya Czyuning o'g'li bo'lmish Timofey 2023 yilda super yarim o'rta vazn toifasida jahon chempioniga aylangandi.
43 yoshli kubalik Erislandi Lara professional ringda 2008 yildan buyon jang qiladi. U 2013 yilda super yarim o'rta vazn toifasida jahon chempioni bo'lgan. Hozirda Lara WBA’ning o'rta vazndagi chempionlik kamariga egalik qilmoqda.

Havola :
Manba : Fight Space
Fikrlar