28 noy 08:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev: "Amerikada yashash va ishlashni istamasdim"
Yarim o'rta vazn toifasidagi UFC chempioni Islam Maxachev uzoq vaqt okean ortida qolishni istamaydi.
Amerikaga faqat jang qilish va qaytib kelish uchun boraman. U erda yashashni, qolishni, ayniqsa, ishlashni istamasdim. Hozirgidek pul topish mumkin, lekin hammasi shu bilan cheklanadi", - dedi Maxachev "Match TV"ga bergan intervyusida.
Malumot uchun, 35 yoshli jangchining faoliyatida aralash yakkakurashlarda 29 g'alaba va 1 mag'lubiyat bor. Maxachev 2027 yil Karlos Prates - Maykl Morales jangi g'olibiga qarshi oktagonga chiqishini tasdiqlagandi. Braziliyalik va ekvadorlik 30 yanvar kuni Torontoda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar