27 noy 17:13
Yangiliklar
SHavkat Mirziyoev UCI prezidenti bilan uchrashdi
Uchrashuvda O'zbekiston va tashkilot o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
David Lappartyan mamlakatimizda velosport va paravelosport yo'nalishlarida erishilgan yutuqlarni yuqori baholadi. SHuningdek, zamonaviy sport infratuzilmasini barpo etish va yoshlarni velosportga keng jalb qilish borasidagi ishlarni etirof etdi.
Suhbatda sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish bo'yicha qo'shma dasturlarni yo'lga qo'yish hamda Toshkentda Jahon velosport markazining mintaqaviy filialini ochish istiqbollari ko'rib chiqildi. Tomonlar qo'shma «yo'l xaritasi» doirasida O'zbekistonda yirik xalqaro velosport tadbirlari va musobaqalarini o'tkazish rejalarini ham muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida SHavkat Mirziyoev velosportni rivojlantirish va ommalashtirishga qo'shgan katta hissasi uchun Osiyo velosport konfederaciyasining oliy faxriy mukofoti — «Prezident mukofoti»ni qabul qildi.






Fikrlar