27 noy 12:45
Yangiliklar
O'zbekiston voleybol bo'yicha Osiyodagi eng kuchli beshta jamoa qatoriga kiritiladi. Bu haqda hukumat qarori elon qilindi
Qarorga muvofiq, 2030 yilgacha voleybolni rivojlantirish va ommalashtirishning asosiy yo'nalishlari belgilandi. Jumladan:
- O'zbekiston milliy terma jamoasining Xalqaro voleybol federaciyasi (FIVB) reytingidagi o'rnini yaxshilash va Osiyodagi eng kuchli beshta jamoa qatoriga kiritish;
- voleybol bilan shug'ullanuvchilar sonini bir million nafarga etkazish.
2026 yil 1 dekabrdan boshlab har bir tuman va shaharda kamida bitta umumiy o'rta talim tashkilotida voleybolga ixtisoslashgan sport klubi tuziladi. SHuningdek, 2026/2027 o'quv yili yakuniga qadar voleybol infratuzilmasi mavjud barcha maktablarda to'garaklar tashkil etiladi.
Ixtisoslashgan klublar o'rtasida 2026 yil 1 dekabrdan «Kelajak yulduzlari» voleybol musobaqasi o'tkazib boriladi.
O'zbekiston voleybol federaciyasi tizimida Milliy voleybol ligasi ham tashkil etiladi. Uning tarkibiga professional, talabalar va havaskorlar ligalari, shuningdek, boshqa voleybol ligalari kiradi.
Fikrlar