23 sen 17:06
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari
2,5 barobar ko'p! Osiyo o'yinlarida g'olib bo'lgan sportchilarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi PQ-114-son qaroriga o'zgartirishlar kiritildi.
Unga ko'ra, joriy Osiyo va Paraosiyo o'yinlaridan boshlab, ushbu kompleks musobaqaning oltin medal sohiblari 25 ming, kumush medal egalari 12 ming va uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar 6 ming 250 AQSH dollari mukofot puliga ega bo'ladi.
Ilgari oltin medal uchun ajratiladigan summa 10 ming AQSH dollarini tashkil etardi.
Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarni tayyorlagan murabbiylar esa quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi:
oltin medal uchun — 10 000 AQSH dollari
kumush medal uchun — 5 000 AQSH dollari
bronza medal uchun — 2 500 AQSH dollari.
Havola :
Manba : lex.uz
Fikrlar