23 sen 15:27
Yangiliklar
O'zbekistonda tennis bo'yicha ATP CHellenjer musobaqasi o'tkaziladi
SHuningdek, mamlakatimiz tennis bo'yicha Osiyoning top-5 taligiga kirishni maqsad qilgan.
Bu "Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarorida (PQ–347-son, 2026 yil 21 sentyabr) belgilab qo'yildi.
Qarorga ko'ra, tennisni istiqbolli sport turlari qatoriga kiritish bo'yicha ham choralar ko'riladi.
2026 yil 1 oktyabrdan O'zbekistonda tennis bo'yicha qator musobaqalarni ananaviy tarzda o'tkazish yo'lga qo'yiladi.
Jumladan, Professional tennischilar associaciyasi (ATP), Ayollar tennisi associaciyasi (WTA) va Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) shafeligidagi xalqaro musobaqalar tashkil etiladi.
SHuningdek, yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston kubogi, yoshlar, o'smirlar va kattalar o'rtasida Respublika chempionati, kattalar o'rtasida “Uzbekistan Open” xalqaro turniri hamda erkaklar o'rtasida “ATP Challenger” xalqaro musobaqasi o'tkazib boriladi.
Fikrlar