08 noy 10:38
Yangiliklar
Ummataliev g'alaba qozongan oqshomning asosiy jangi WBC kamari uchun kechdi
Oqshomning asosiy jangi yarim og'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBC chempionlik kamari uchun o'tkazildi. Unda britaniyaliklar Villi Xatchinson va Joshua Buatsi ringda o'zaro to'qnash kelishdi.
O'n ikki raund to'liq davom etgan jangda Xatchinson hakamlarning yakdil qaror bilan 117-111, 115-113, 115-113 hisoblarida g'alaba qozondi va WBC chempioniga aylandi.
"Kun kelib WBC yo'nalishida jahon chempioni bo'laman, deganimda 13 yoshda edim, — dedi Xatchinson jangdan keyin. — Buatsi — yaxshi bokschi, lekin men uni ikki yil avval mag'lub etishim kerak edi".
Eslatib o'tamiz, bu revansh maqomidagi jang edi. 2024 yilda bo'lib o'tgan ilk jangda Xatchinson hakamlarning ayri qarori evaziga Buatsiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. O'shanda Villi ikki bor nokdaun holatiga tushib qolgan va kamiga bosh bilan xavfli harakat uchun bir ochkodan mahrum bo'lgan edi. SHundayam hakamlardan biri 113-112 hisobidagi g'alabani Xatchinsonga bergandi. Qolgan ikki hakam esa Buatsi 115-110 va 117-108 hisoblarida g'alaba qozonganini etirof etgan edi.

Fikrlar