08 noy 10:07
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Vegas 124: Qirg'iz jangchisi 12-g'alabasini qo'lga kiritdi
Bugun AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Vegas 124 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasida yarim engil vazn toifasi vakili Murtazali Magomedov o'zining g'alabali seriyasini davom ettirdi. Qirg'izistonlik aralash yakkakurash ustasi LFA sobiq chempioni Joze Delanoga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Etiborlisi, Delano (17-4) 5 ta g'alabali seriya bilan kelayotgan edi. To'liq uch raund davom etgan jangda Murtazali raqibini hakamlarning yakdil qarori (29:28, 29:28, 29:28) bilan mag'lubiyatga uchratdi. Bundan avvalgi 11 ta jangini muddatidan avval yakunlagan Magomedov ilk bor ochkolar hisobiga ko'ra g'alabaga erishdi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar