07 noy 17:46
Yangiliklar
Fyodor Emelyanenko Xabib Nurmagomedov bilan ko'rgazmali jangga rozilik berdi
"Agar Xabib ko'rgazmali jangga qarshi bo'lmasa, buni amalga oshirish mumkin. Men roziligimni berdim. Qaerda? Platformani tayyorlash kerak, bilmayman. Balki keyingi jahon chempionati doirasida? Hozircha keyingi jahon chempionati qaerda bo'lishi aniq emas. SHu masala hal bo'lish arafasida", – deya rossiyalik afsonaviy og'ir vaznli sportchining so'zlarini keltirdi TASS axborot agentligi.
Ayni paytda ikkala mashhur rossiyalik jangchi ham faoliyatini yakunlagan. Nurmagomedov 2020 yil oktyabrida Jastin Getjini muddatidan oldin mag'lub etgach, faoliyatini tugatgan bo'lsa, Emelyanenko 2023 yil fevralida Bellator chempionlik kamari uchun jangda Rayan Beyderga texnik nokaut bilan yutqazib, faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar