07 noy 16:13
Yangiliklar
Romano Argentinaga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar fonida Messining kelajagi haqida gapirib o'tdi
"So'nggi bir necha hafta ichida Argentinadan Lionel Messi "Nyuells Old Boyz"ga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Ammo menda mavjud malumotlarga ko'ra, "Nyuells Old Boyz"ga hurmat saqlagan holda, Messining maqsadi — "Inter Mayami"da qolishdir. Unga "Inter"dagi hayot tarzi yoqadi. U maydondan tashqarida ham o'ta baxtiyor, klub loyihasi unga maqul kelmoqda.
U bu shaharda juda baxtiyor. Messining oilasi ham Mayamida o'zini baxtli his qilmoqda. Amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, u taxminan bir yil oldin imzolangan edi. Leo Messining niyatlari yaqin ikki yil ichida shartnomani oxirigacha ishlab chiqishdan iborat. SHuningdek, Messi 2028 yildan keyin ham "Inter" bilan shartnomani uzaytirishni ko'rib chiqishi mumkin. SHubhasiz, bu uning kelgusi yillarda o'zini qanday his qilishiga bog'liq bo'ladi. Ammo Messi, shubhasiz, 2028 yilgacha "Inter Mayami"da qoladi. U Argentinaga qaytishmoqchi emas", — dedi Romano DAZN Footballʼning X ijtimoiy tarmog'idagi akkauntida elon qilingan videoda.

Fikrlar