07 noy 23:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir Ummataliev professional ringda uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
Angliyaning Manchester shahrida Queensberry promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomida o'zbekistonlik Javohir Ummataliev navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
U ispaniyalik Atakayte Santanaga qarshi 6 raund davom etgan bahsda ringga chiqdi.
Jang yakuniga ko'ra, hakamlar bir ovozdan Javohir Ummatalievning g'alabasini qayd etdi.
SHu tariqa, o'zbekistonlik bokschi professional ringdagi mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirib, rekordini 3:0 ko'rinishiga etkazdi. Santana hisobida esa endi to'rtta g'alaba va to'rtta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar