08 noy 09:36
Yangiliklar
Og'ir vaznlilar ishtirokidagi UFC Fight Night 293 turnirining asosiy jangida nokaut!
Oqshomning asosiy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda braziliyalik Jonni Uoker dominikanlik Valdo Kortes-Akostaga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jangning uchinchi raundida Uoker raqibini nokautga uchratib, o'zining g'alabali seriyasini davom ettirdi.
Bugungi muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng Uokerning MMAdagi g'alabalari soni 23 taga etdi, hisobida 10 ta mag'lubiyat ham bor. Uning ishtirokidagi bitta jang o'tkazilmagan deya topilgan. Akosta bugun beshinchi mag'lubiyatini (ketma-ket uchinchisi) qabul qilib oldi. G'alabalari 20 taligicha qoldi.
Malumot uchun, ayni paytda og'ir vazn toifasida franciyalik Siril Gan amaldagi UFC chempioni bo'lib turibdi. U 15 noyabr kuni o'z kamarini Josh Xokitdan himoya qiladi.

Fikrlar