07 noy 07:01
Yangiliklar
UFC Fight Night 293 tarozi natijalari. Asosiy jang ishtirokchisi raqibidan 10 kg og'ir chiqdi
UFC Fight Night 293 ishtirokchilari ananaga ko'ra rasmiy tarozi hamda so'nggi face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda dominikanlik Valdo Kortes-Akosta braziliyalik Jonni Uokerga qarshi oktagonga ko'tariladi. Valdo raqibidan tarozida 10 kg og'ir tosh bosdi.
Turnirning co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi ayollar minimal vazn toifasida o'tkaziladi. Unda Virna Yandiroba va Tatyana Suares o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Virna 52.6 kg, Tatyana esa 52.4 kg vazn qayd etdi.
Umuman olganda, UFC Fight Night 293 turnirining barcha ishtirokchilari tarozi marosimida belgilangan vazn meyorini muvaffaqiyatli bajarishdi. Barcha janglar o'z kuchida qoldi.
UFC Fight Night 293 tarozi natijalari:
Asosiy kard janglari
Valdo Kortes-Akosta (118.8 kg) – Jonni Uoker (108.4 kg)
Virna Yandiroba (52.6 kg) – Tatyana Suares (52.4 kg)
Deyvi Grant (61.5 kg) – Elayja Smit (61.5 kg)
Billi Elekana (93.4 kg) – Lukas Fernando (93 kg)
Priscila Kechoeyra (61.7 kg) – Nina Miloshevich (61.7 kg)
Markos Degli (57.2 kg) – Mitch Raposo (125.5 funta / 56.9 kg)
Prelim kard janglari
Keyichiro Nakamura (65.8 kg) – Oliver SHmid (66 kg)
Gabriel Lourenso (106.1 kg) – Tomas Petersen (115 kg)
Gabriella Fernandes (57.2 kg) – Karin Silva (56.7 kg)
Joze Delano (66 kg) – Murtazali Magomedov (66.2 kg)
Ostin Bashi (66 kg) – Karlos Kalderon (66 kg)
Mantas Kondratavichyus (84.4 kg) – Andre Petroski (84.1 kg)
Sok Xyon Ko (77.6 kg) – Vellington Turman (77.6 kg)
Jonni Parsons (76.9 kg) – Xose Enrike Souza (77.6 kg)

Fikrlar