06 noy 18:11
Yangiliklar
Akbar Jo'raev 2 ta jahon rekordini yangilab, to'rt karra Jahon chempioni bo'ldi
- 110 kg vazn toifasida sportchimiz jami 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi.
Akbar Jo'raev dast ko'tarish mashqida o'zi o'rnatgan jahon rekordini yangilab, 198 kg natija bilan oltin medalga ega chiqdi. U siltab ko'tarishda ham 234 kg natija bilan 1-o'rinni egalladi.
Ikki kurash yakunida Jo'raev 432 kg natija qayd etib, umumiy hisob bo'yicha ham jahon rekordini yangiladi va oltin medalni qo'lga kiritdi. SHu tariqa u musobaqani 3 ta oltin medal bilan yakunladi.
Ushbu vazn toifasida kumush medal eronlik Alirizo Nosiriga nasib etdi. U ikki kurash yakuniga ko'ra 418 (185+233) kg natija qayd etdi. Uchlikni Turkmaniston vakili SHahzodbek Matyoqubov yakunlab berdi - 417 (187+230) kg.
SHu tariqa, O'zbekiston vakillarining Jahon chempionatidagi medallari hozircha 3 ta oltin medalni tashkil etmoqda. Oldinda SHarofiddin Amriddinov (+110 kg), Rigina Adashbaeva (-86 kg) hamda Nigora Suvonovaning (-86 kg) ishtiroki kutmoqda.
Fikrlar