06 noy 14:28
Yangiliklar
O'q otish
Merganlarimiz Jahon chempionatida tarixiy bronza medalini qo'lga kiritdi
Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilayotgan o'q otish sporti bo'yicha Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi.
Mamlakatimiz vakillari Jahon chempionatlaridagi ilk medalini qo'lga kiritdi.
Erkaklar o'rtasida 10 metr masofadan pnevmatik to'pponchadan otish bo'yicha jamoaviy bahsda Vladimir Svechnikov, Sodiqjon Abdullaev va Muhammad Kamalov 1738 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Koreya Respublikasi terma jamoasi ham 1738 ochko jamg'ardi. Biroq qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha koreyalik sportchilar 2-o'rinni egalladi.
Xitoy terma jamoasi 1755 ochko bilan oltin medalni qo'lga kiritdi.
Yakuniy natijalar:
1. Xitoy — 1755 ochko
2. Koreya Respublikasi — 1738 ochko
3. O'zbekiston — 1738 ochko

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar