05 noy 22:18
Yangiliklar
Emelyanenko, Maxachev va boshqalar. Sambo bo'yicha Jahon chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etildi (FOTOGALEREYA)
Bugun O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi binosida mazkur jahon chempionatiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov, Xalqaro sambo federaciyasi (FIAS) prezidenti Vasiliy SHestakov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, samboning jahondagi elchilari, sport afsonalari Fyodor Emelyanenko va Islam Maxachev, Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullaev hamda O'zbekiston sambo associaciyasi prezidenti Alisher Alimov ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida bo'lajak jahon chempionatining ahamiyati, musobaqaga tayyorgarlik jarayonlari, tashkiliy masalalar hamda xalqaro turnir doirasida amalga oshiriladigan ishlar haqida malumot berildi.
Tadbirda OAV xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Matbuo anjumanidan suratlarni tomosha qiling.
FOTO: Dildora Rustamova






















Fikrlar