05 noy 13:30
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Dakar-2026 Olimpiadasida bugun 3 nafar o'zbekistonlik bahslarga kirishadi
Bugun Dakar-2026 yoshlar yozgi Olimpiya o'yinlari doirasida O'zbekiston delegaciyasining 3 nafar sportchisi triatlon va suzish bahslarida ishtirok etadi.
Soat 13:15 da Abilayxan O'rinbosarov triatlon bo'yicha yakkalik finalida startga chiqadi.
Soat 15:08 da Parizod Abdukarimova 50 metrga chalqancha usulda suzish bo'yicha saralash bahsida qatnashadi.
Soat 15:44 da esa Muhammadismoil Rahmonov 50 metrga brass usulida suzish bo'yicha saralashda ishtirok etadi.
Bellashuvlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
Malumot uchun, O'zbekiston sport delegaciyasi hozircha 1 ta kumush (dzyudo), 1 ta bronza (suzish) medaliga ega bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : Team Uzbekistan
Fikrlar