05 noy 10:23
Yangiliklar
Engil atletika
To'rt karra Olimpiada chempioni Mo Fara "Samarkand Marathon 2026" ambassadori bo'ladi
To'rt karra Olimpiya va olti karra jahon chempioni ser Mo Fara "Samarkand Marathon 2026" ambassadori sifatida Samarqandga keladi.
Britaniyalik engil atletikachi London va Rio-de-Janeyro Olimpiya o'yinlarida 5 000 va 10 000 metr masofalarda oltin medallarni qo'lga kiritgan.
Marafon dasturiga ko'ra, Mo Fara 7 noyabr kuni soat 19:50 da asosiy sahnada ishtirokchilarni qutlaydi.
8 noyabr kuni esa u marafon masofasiga start beradi. SHundan so'ng g'oliblar bilan uchrashishi va marraga etib kelgan ishtirokchilarga medallar topshirishi rejalashtirilgan.

Havola :
Manba : t.me/samarkandmarathon
Fikrlar