13 sen 17:54
Yangiliklar
Triatlon
Challenge Samarkand-2026. Mahoratli triatlonchilar Samarqandda bellashmoqda
Samarqand xalqaro turizm markazida triatlon bo'yicha “Challenge Samarkand-2026” xalqaro sport festivali bo'lib o'tmoqda.
Unda dunyoning 40 mamlakatidan 1450 nafardan ziyod atlet mahoratini ko'rsatmoqda.
Ayollar o'rtasidagi bahslar 750 metr suzish, 19 kilometr velopoyga va 5 kilometr yugurish bosqichlaridan iborat bo'lib, unda professional sportchilar bilan birga havaskorlar ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazdi.
Bellashuvlar bugun professional sportchilarning 1,9 kilometr suzish, 88 kilometr velopoyga hamda 21,5 kilometr yugurish bosqichi bilan yakunlanadi. Havaskor triatlonchilar esa 750 metr suzish, 19 kilometr velopoyga va 5 kilometr yugurish bosqichlarini bosib o'tishadi.










Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar