18 okt 07:42
Yangiliklar
Tennischilarimiz J200 Farg'ona turnirida uchta chempionlikni qo'lga kiritdi
O'g'il bolalar o'rtasidagi juftlik bahslari finalida Alan Zinatulin va Abdurahmon Karimov musobaqaning birinchi raqami ostida saralangan Aleksey Ilin va Praneel SHarma juftligiga qarshi kortga chiqdi. O'zbekistonlik tennischilar final uchrashuvida raqiblarini 6:1, 7:5 hisobida mag'lub etib, turnir g'olibiga aylandi.

Qizlar o'rtasidagi yakkalik bahslarida Aleksandra Barmicheva rossiyalik Tatyana Golovinani 6:1, 6:0 hisobida engib, chempionlikni qo'lga kiritdi.
O'g'il bolalar yakkalik finalida esa Mahmudbek Beknazarov rossiyalik Aleksey Ilin ustidan 6:2, 6:3 hisobida g'alaba qozondi.
SHu tariqa, O'zbekiston vakillari J200 Hayot Bank Cup turnirida juftlik va ikki yakkalik yo'nalishida jami uchta chempionlikni qo'lga kiritdi.

Fikrlar