04 noy 15:00
Yangiliklar
UWW 2027 yilgi reyting turnirlari taqvimini elon qildi
Taqvimga ko'ra, birinchi bosqich 1-7 fevral kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida, ikkinchi bosqich 31 maydan 6 iyungacha AQSHning Korolvill shahrida, uchinchi bosqich esa 19-25 iyul kunlari Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida bo'lib o'tadi.
Zagreb 2023 yildan buyon reyting musobaqalariga mezbonlik qilib kelmoqda. Ulan-Bator ushbu seriya turnirlarini 2025 yildan qabul qilmoqda. Korolvill uchun esa 2027 yilgi musobaqa UWW Ranking Series tarixidagi ilk mezbonlik bo'ladi.
SHuningdek, 2027 yil 1 yanvardan UWW'ning yangilangan reyting ochkolarini hisoblash tizimi kuchga kiradi. Yangi tartibga ko'ra, sportchilar endi faqat egallagan yakuniy o'rni uchun emas, balki har bir g'alabasi uchun ham reyting ochkolariga ega bo'ladi. Reyting turnirlari Los-Anjeles-2028 Olimpiya ciklida sportchilarning reytingdagi o'rnini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fikrlar