04 noy 11:02
Yangiliklar
Chennai Open. Kudermetova muvaffaqiyatli start oldi
Musobaqada Polina Kudermetova ham o'z omadini sinab ko'ryapti. O'zbekistonning uchinchi raketkasi 1/16 finalda slovakiyalik Viktoriya Morvayovaga qarshi kortga chiqdi. Asosiy to'rga omadli mag'lub (LL) sifatida yo'l olgan slovak tennis malikasi Polinaga jiddiy qarshilik ko'rsatdi.
Taqqoslash uchun, Kudermetova ayni paytda dunyoning 93-raketkasi bo'lib turibdi, Morvayova esa WTA reytingida 323-pog'onadan joy olgan. Bir soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda Polina 6/3, 4/6, 6/1 hisobida zafar quchdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Har ikki tennischi ham 4 tadan eys zarbasini amalga oshirgan.
Bugun vakilamiz 1/8 finalda reytingning 122-pog'onasida borayotgan ispaniyalik Oksana Selexmetovaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi.

Fikrlar