03 noy 17:26
Yangiliklar
Sport kurashlari
Jalgasbay Berdimuratov PWL Moscow turnirida ishtirok etadi
7 noyabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida Professional Wrestling League (PWL) turniri bo'lib o'tadi.
Unda yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Jalgasbay Berdimuratov ham ishtirok etadi.
Taqdim etilgan malumotga ko'ra, Berdimuratov turnirda chempionlik uchun kurashishi ham mumkin. Uning ehtimoliy raqibi nomi hozircha rasman elon qilinmagan.
Turnirning markaziy jangi Zaurbek Sidakov va Anzor Zakuev o'rtasida bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Musobaqa 7 noyabr kuni Moskva shahrida tashkil etiladi.
Havola :
Manba : UWW_UZB
Fikrlar