27 mar 10:29
Yangiliklar
Bugun sport kurashlari yulduzlari ishtirokidagi PWL 11 turniri o'tkaziladi
Mazkur turnida 15 mamlakatdan taniqli kurashchilar ishtirok etishadi. Ular orasida Zaurbek Sidakov, Zaur Uguev (ikkalasi Rossiya), Luis Sanches (Kuba), Razambek Jamalov (O'zbekiston) Nao Kusaka (Yaponiya) kabi Olimpiada chempionlari, Akjol Mahmudov (Qirg'iz Respublikasi), Kota Takaxashi (Yaponiya), Aytjan Xalmaxanovdek (O'zbekiston) jahon chempionlarini uchratish mumkin.
Bellashuvlar soat 18:00 dan boshlanadi. Turnir davomida jami 24 ta bellashuv bo'lib o'tadi. Hamyurtlarimizning tartibi kardlar ketma-ketligi bo'yicha ko'rsatilgan.
Hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-97 kg: SHerzod Poyonov – Zelimxan Minkaliov (Rossiya)
-57 kg: G'ulomjon Abdullaev – Anzor Majidov (Rossiya)
-57 kg: G'ulomjon Abdullaev – Abubakar Mutaliev (Rossiya)
-60 kg: Alisher G'aniev – Sadik Lalaev (Rossiya)
-70 kg: Umidjon Jalolov – Tulga Tumur-Ochir (Mo'g'uliston)
-74 kg: Mirzo Hayitov – Inalbek SHeriev (Rossiya)
-59 kg: Layloxon Sobirova – Sezim Jumanazarova (Qirg'iz Respublikasi)
-67 kg: Aytjan Xalmahanov – Luis Alberto (Kuba)
-74 kg: Razambek Jamalov – Ibragim Veliev (Belgiya)

Fikrlar