03 noy 12:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Subxankulov va Kruz IBF kamari uchun jang qiladi
27 noyabr kuni Rossiyaning Ufa shahrida o'tadigan IBA.PRO 22 turniri uchun navbatdagi jang elon qilindi.
Musobaqa doirasida rossiyalik Artur Subxankulov va kubalik Endi Kruz engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi.
34 yoshli Subxankulov professional faoliyatida 12 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. 6 ta jangni nokaut bilan yakunlagan. U ayni paytda IBF reytingida 2-o'rinda turibdi.
31 yoshli Endi Kruz esa Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni va havaskorlar o'rtasida 3 karra Jahon chempioni hisoblanadi. Uning professional rekordida 7 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor, 4 ta jangni nokaut bilan yakunlagan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar