24 jan 12:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikka yana bir sobiq jahon chempioni raqib sifatida tavsiya etildi
Superog'ir vazn toifasining uchta yo'nalishida jahon chempioni Aleksandr Usik navbatdagi jangini AQSHda o'tkazishga yaqin turibdi.
Ukrainalik bokschining raqibi 36 yoshli sobiq chempion Endi Ruis bo'lishi mumkin. Kelib chiqishi meksikalik bo'lgan amerikalik bokschi 2019 yilda britaniyalik Entoni Joshuani kutilmaganda mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgan edi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yil avgust oyida kichik Ruis Jarrell Miller bilan durang natija qayd etgan va o'shandan beri ringga chiqmadi. Avvalroq Usikning navbatdagi raqibi WBC vaqtinchalik chempioni Agit Kabayel bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi. Ammo bu jang faqat Germaniyada tashkil etilishi mumkin.
Aleksandr Usikning o'zi bu yil 40 yoshli amerikalik Deontey Uaylder bilan uchrashishga umid qilmoqda.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar