28 noy 12:11
Yangiliklar
Subxanqulovni mag'lub etgan Endi Krus IBF chempioniga aylandi
Oqshomning asosiy jangida kubalik Endi Krus rossiyalik Artur Subxanqulovga qarshi ringga ko'tarildi va hakamlarning ayri qarori (112-114, 116-110, 116-110) bilan g'alaba qozonib, engil vazn toifasida vakant, yani egasiz bo'lib turgan IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Krus raqibining hujumlaridan muvaffaqiyatli qochib, o'zi qarshi hujumda faol harakat qildi. Ikkinchi raundda Artur ringga yiqildi, sakkizinchi raundda esa raqiblar nokdaunga uchrashdi. O'ninchi raundda Subxanqulovdan boshning orqa qismiga zarba bergani uchun bir ochko olib tashlandi.
Jang yakunida hakamlarning fikri ikkiga bo'lindi: ulardan biri 114-112 hisobida Artur Subxanqulovga ustunlik berdi, qolgan ikkisi esa 116-110 hisobida Endi Kruzning g'alabasini qayd etdi.

Fikrlar