28 noy 10:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon kubogining ilk kuni besh nafar bokschimiz ringga ko'tariladi
Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida boks bo'yicha World Boxing Jahon kubogining final bosqichi start oladi.
Musobaqaning ilk kungi dasturidan 5 nafar charm qo'lqop ustamizning janglari o'rin olgan. Kunduzgi dastur soat 11:00 da Yakkakurashlar arenasida boshlanadi. Barcha bokschilar 1/4 finaldan bahslarga kirishadi. Bokschilarimizning Jahon Kubogidagi ishtirokini SHodiyorjon Meliqo'ziev qozog'istonlik Daniyal Sabitga qarshi jang bilan boshlab beradi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
-50 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev — Daniyal Sabit (Qozog'iston)
-51 kg: Feruza Kazakova — Yuna Nishinaka (Yaponiya)
-57 kg: Humorabonu Mamajonova — Lyudmila Voroncova (Yaponiya)
-65 kg: Abdurahmon Mahmudjonov — Bunjong Sinsiri (Tailand)
-85 kg: Norbek Abdullaev — Idar Zanilov (Rossiya)


Havola :
Fikrlar