27 noy 15:30
Yangiliklar
Raxmonovning murabbiyi SHavkat UFC'dagi navbatdagi jangini qachon o'tkazishi mumkinligini aytdi
«SHavkatning qaytishi haqida hozircha hech narsa deya olmayman. Ko'rib turganingizdek, tiklanish jarayoni cho'zilib ketdi. Mening taxminimcha, u kelasi yilning mart-aprel oylarida jang qilishi mumkin. Taxminan shunday», — deya Bazrovning so'zlarini keltirmoqda Sports.kz nashri.
SHavkat Rahmonov 31 yoshda. Qozog'istonlik jangchi aralash yakkakurash bo'yicha professional faoliyatini 2014 yil oktyabr oyida boshlagan. Sportchining hisobida 19 ta g'alaba bor, ularning 18 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan. U biror marta mag'lubiyatga uchramagan. Rahmonov yarim o'rta vazn toifasida M-1 Global chempioni bo'lgan va chempionlik kamarini bir marta muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2026 yil fevral oyida qozog'istonlik jangchi nofaolligi sabab UFCning rasmiy reytingidan chiqarilgan edi.
Fikrlar