26 noy 18:29
Yangiliklar
Dzyudo
Diyora Keldiyorova azaliy raqibi - Uta Abe bilan Yaponiyada to'qnash kelishi mumkin!
Parij-2024 yozgi Olimpiadasida o'zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova yaponiyalik yulduz Uta Abeni mag'lub etib, butun dunyoni lol qoldirgan edi.
Ikki dzyudochini yana bir musobaqada ko'rishimiz mumkin. Diyora Keldiyorova hamda Uta Abe 5-6 dekabr kunlari Tokioda o'tkaziladigan "Katta dubulg'a" turnirida ishtirok etadi.
Har ikki atlet ayollar o'rtasidagi -52 kg vazn toifasidagi bellashuvlar uchun ro'yxatdan o'tgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar