26 noy 11:08
Yangiliklar
Rustam Qosimjonov: "Javohir g'alaba qozonsa, bu...."
22 yildan keyin yana jahon chempionligi uchun kurash
Qosimjonovdan 22 yil avval jahon chempioni bo'lganida, kelajakda yana bir o'zbekistonlik shaxmatchi jahon chempionligi uchun kurashishini xayoliga keltirgan-keltirmagani so'raldi.
«O'sha paytda bu qadar uzoqni o'ylamaganman. Lekin bu — biz va o'zbek shaxmati uchun juda quvonchli kunlar. Yaqinda Olimpiadada g'alaba qozondik.
Endi esa 20 kundan keyin boshlanadigan match barcha say-harakatlarimizga toj bo'lishi mumkin. Balki bunday bo'lmas, ammo biz juda hayajondamiz», — dedi u.
Olimpiadadan keyingi yangi maqsad
O'zbekiston terma jamoasi murabbiyining aytishicha, Olimpiada paytida jahon chempionligi matchi haqida gaplashilmagan. Jamoaning butun diqqat-etibori o'sha musobaqaga qaratilgan edi.
«O'ylashimcha, bu haqda umuman gaplashmadik. Olimpiada juda katta maqsad edi va o'sha vaqtda undan keyingi barcha narsalar ahamiyatsizdek tuyulardi. Bor etiborimizni Olimpiadaga qaratgandik.
Endi, albatta, diqqatimiz boshqa tomonga ko'chdi. Olimpiada yakunlandi, oldimizda esa jahon chempionligi matchi turibdi. SHaxmatning go'zalligi ham shunda — doimo yangi maqsad paydo bo'ladi».
Javohirni qo'llab-quvvatlash
Intervyuda Qosimjonov Sindarov jamoasining rasmiy azosi sifatida emas, uni qo'llab-quvvatlash uchun kelgani haqida ham so'z bordi. Undan so'nggi kunlarda Javohirga nima degani so'raldi.
«U uni qo'llab-quvvatlash uchun bu erda ekanimizni biladi. Doimo yonida bo'lishimizni ham yaxshi tushunadi. Bu erga yolg'iz kelganim yo'q. O'zbekistondan ko'plab shaxmatchilar, federaciya vakillari, hatto rafiqam ham kelgan.
Hammamiz uni qo'llab-quvvatlash va omad tilash uchun shu erdamiz. Biz ham aynan shuni qilyapmiz».
Match davomida, zarur bo'lsa, Javohirga ruhiy jihatdan ham yordam berish uchun aloqada bo'ladimi, degan savolga Qosimjonov qisqa javob berdi:
«U mening telefon raqamimni biladi. Albatta».
Ular qanchalik tez-tez gaplashib turishi haqida esa shunday dedi:
«Ha, gaplashib turamiz. Muhim deb bilgan paytlarimizda suhbatlashamiz. O'ylashimcha, match davomida ham bunday vaziyatlar bo'ladi».
Javohir g'alaba qozonsa, O'zbekistonda nima bo'ladi?
Suhbat yakunida Chess.com muxbiri avvalgi jahon chempionligi matchi paytida Hindistonda Gukesh g'alaba qozonsa ham, mag'lub bo'lsa ham, mamlakatda qanday voqealar bo'lishini odamlar tasavvur qila olmagani haqidagi gapni esladi. U Qosimjonovdan buni O'zbekiston haqida ham aytish mumkinmi, deb so'radi.
«Menimcha, u g'alaba qozonsa, nima bo'lishini ancha yaxshi tasavvur qila olamiz».
Muxbir aynan nima bo'lishi mumkinligiga qiziqdi.
«O'ylaymanki, bu juda katta voqea bo'ladi. Siz tasavvur qila oladigan darajadan ham kattaroq. Agar u g'alaba qozonmasa, keyin nima bo'lishi haqida hatto o'ylashni ham istamaymiz».
Fikrlar