26 noy 08:34
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bekzod Abdurahmonov, Razambek Jamalov va yana bir hamyurtimiz o'rin olgan RAF Ligasi reytingi yangilandi
Amerika Qo'shma SHtatlarida faoliyat olib boruvchi Real American Freestyle kurash Ligasi yangilangan reytingini elon qildi.
Ahamiyatlisi, undan uch nafar hamyurtimiz — Bekzod Abdurahmonov, Razambek Jamalov va Mirzo Hayitov o'rin oldi.
Reytingga ko'ra, yarim o'rta vazn toifasida erkin kurash bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasi g'olibi Razambek Jamalov ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Ushbu divizionning o'ninchi pog'onasida esa Mirzo Hayitov qayd etilgan.

Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sohibi, hozirda AQSHda istiqomat qilayotgan Bekzod Abdurahmonov esa o'rta vazn toifasi reytingida oltinchi o'rinni band etgan.

Havola :
Manba : Real American Freestyle
Fikrlar