25 noy 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev qachondan keyingi jangiga tayyorgarlikni boshlashini aytdi
UFC chempioni Islam Maxachev yanvar oyidan keyingi jangga tayyorgarlikni boshlashini malum qildi.
— Men yanvar oyidagi davogarlik jangini kutyapman. Undan keyin kim bilan jang qilishim malum bo'ladi.
— Bu Morales — Prates juftligidan biri bo'ladimi?
— Ha, ulardan biri.
— Yozdami?
— Bilmayman. Yanvar oyidan tayyorgarlikni boshlayman, ammo bu ularga bog'liq bo'ladi, — dedi Maxachev.
Prates va Morales o'rtasidagi jang 31 yanvar kuni Toronto shahrida UFC 336 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar