23 noy 12:11
Yangiliklar
Maxachev Usman va Merab mojarosi haqida: "Bizning yigitlar noto'g'ri ish qildi, deb hisoblamayman"
"Buni juda bo'rttirib yuborishdi. Balki, Birlashgan Arab Amirliklarida bunday to'qnashuvlar bo'lmas, ammo bizda, Dog'istonda, har kuni mushtlashuvlar bo'lib turadi. Ko'pchilik bu mojaroning qanday boshlanganini bilmaydi. Bizning yigitlarimiz noto'g'ri ish qildi, deb hisoblamayman. Inson o'z so'zlari uchun javob berishi kerak. Agar u malum chegaradan oshsa, unga javob qaytarishlarini kutishi lozim.
Odamning shaniga tegilganda, birga-bir yoki ikkiga-bir bo'lish masalani hal qilmaydi. Agar birovni chaqirib, u bilan yakkama-yakka mushtlashsang — bu tushunarli. Gruziyada nima bo'ldi? U uni urdi, lekin keyin harakat qilishga yo'l qo'yishmadi. Ko'pchilik — gruzinlar to'planib keldi va mushtlashuvni davom ettirishiga imkon berishmadi. O'shandan beri uning alami bor edi, u bilan uchrasha olmasdi. Uni kim ko'rsa, o'shandan hisob so'rardi", dedi Maxachev.
Fikrlar