23 noy 09:05
Yangiliklar
Qozog'istonda birinchi UFC turnirining o'tkkazilish sanasi aytildi
Promoushen tarixiy musobaqani 2027 yil 1 may kuni o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Vestnik MMA" kanali xabar bermoqda. Manbaning malumotlariga ko'ra, turnir Almati shahrida bo'lib o'tadi.
Qozog'iston MMA federaciyasi prezidenti Sagindik Mekeev o'z intervyusida aytishicha, tadbir ikkita arenaning birida bo'lib o'tishi mumkin.
"Almati Arena" yoki "Baris Arena". Ularning standart sig'imi taxminan 12 ming tomoshabinni tashkil etadi, oktagon atrofiga qo'shimcha o'rindiqlar o'rnatilsa, bu ko'rsatkich 14-15 minggacha ko'payishi mumkin", dedi Mekeev.
Eslatib o'tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tgan UFC 333 turniridan keyingi matbuot anjumanida tashkilot rahbari Dana Uayt qozog'istonlikning shu mazmundagi savoliga "Tez orada" deb javob bergan edi.

Fikrlar