22 noy 15:30
Yangiliklar
UFC’ning yaponiyalik jangchisi Almabaev ustidan qozonilgan g'alabadan keyin uzr so'radi va keyingi raqibini tanladi
— Bilaman, sen tik holatda jang qilishni davom ettirib, raqibga zarba berishni xohlagan eding, ammo u muntazam ravishda teykdaun amalga oshirishga urindi. Bu jang haqida qanday fikrdasan?
— Ha, men juda afsusdaman. Jang zerikarli o'tdi va buning uchun chindan ham uzr so'ramoqchiman. Keyingi jangimda yanada kuchliroq bo'laman va to'qnashuv ancha tomoshabop kechadi. Rahmat.
— Uzr so'rashing shart emas. Raqibga hech bo'lmaganda qandaydir zarar etkazishga uringan yagona jangchi sen bo'lding. Sen dunyoning eng yaxshi jangchilaridan birisan, reytingda yuqori o'rinni egallab turibsan va bugun g'alaba qozonding. Keyin kim bilan jang qilishni xohlaysan?
— Albatta, chempion bilan jang qilishni istayman. SHuning uchun Kape va Van — qay biringiz g'alaba qozonsangiz ham, sizga chaqiruv tashlayman!
SHu tariqa, Kiodji Xoriguchining UFC’dagi rekordi 10-2 ko'rinishiga keldi. Asu Almabaevning promoushendagi natijasi esa 7-2 ga o'zgardi.
Fikrlar