21 noy 19:59
Yangiliklar
Dzyudo
Fazliddin Rafiqov Jahon chempionatini bronza bilan yakunladi
O'zbekiston terma jamoasi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslarida yana bir medalni qo'lga kiritdi.
+100 kg vazndagi bahslarda ishtirok etgan Fazliddin Rafiqov bronza uchun bellashuvda turkiyalik Mahmutchan Madendan ustun keldi.
SHu bilan yakkalik musobaqalaridagi natijamiz uch medalni tashkil qildi: oltin, kumush va bronza — har biridan bittadan. CHempionatning ertangi yakuniy kunida aralash jamoaviy bahslar o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar