21 noy 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Mirshohid Tillaboev - WORLD BOXING vice-prezidenti!
Panama davlatida World Boxing tashkilotining navbatdagi kongressi bo'lib o'tdi.
Unda kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri — tashkilot vice-prezidenti saylovi bo'ldi.
Quvonarlisi, mazkur lavozimga nomzodi ilgari surilgan O'zbekiston boks federaciyasi Bosh kotibi Mirshohid Tillaboev saylovda katta ustunlik bilan g'alaba qozonib, World Boxing vice-prezidenti etib saylandi.
Jahonning 95 ta milliy boks federaciyasi vakillari ishtirok etgan ovoz berish jarayonida yurtimiz vakili o'z raqiblaridan sezilarli darajada ko'p ovoz to'plab, ushbu masuliyatli lavozimni egalladi.
Havola :
Manba : Boxing Uzbekistan
Fikrlar