21 noy 07:22
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Sadulla Ravshanov jahon chempionatining kumush medaliga ega chiqdi
Dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi yana bir medalga ega bo'ldi.
Olimpiya shaharchasida kechayotgan bellashuvlarda -81 kg vazn toifasida qatnashgan Sadulla Ravshanov yaponiyalik, braziliyalik, gruziyalik va xitoylik raqiblarini mag'lub etdi. Yarim finalda esa franciyalik dzyudochidan ustun keldi. Final bellashuvida o'smirlar o'rtasidagi jahon chempioni Sadulla rossiyalik Yaroslav Bunakovga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.
SHu tariqa, jamoamiz medallari soni 2 taga etdi: hisobimizda bitta oltin va bitta kumush medal bor.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar