22 sen 07:39
Yangiliklar
Fakt! Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasiga eng ko'p medalni dzyudochilarimiz taqdim etgan!
Ushbu nufuzli kompleks musobaqada dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha shu paytgacha o'tkazilgan barcha Osiyo o'yinlaridagi o'z rekordini yangilagandi. SHu bilan birga aynan dzyudochilarimiz O'zbekiston sport delegaciyasiga eng ko'p - 9 ta medallar shodasini taqdim etgandi.

Delegaciyamizning umumiy medallari taqsimotiga nazar tashlasak, eng katta hissa aynan dzyudoga tegishli. Uchta oltin, 2 ta kumush, 4 bronza, jami 9 ta medal — O'zbekiston delegaciyasining 71 ta medalidan qariyb 13 foizi dzyudochilarimiz hisobiga to'g'ri kelgandi.

O'ylaymizki, 30 sentyabr kunidan etiboran dzyudochilarimiz Yaponiyada ushbu tarixiy yo'lni davom ettirishadi. Jamoamizga omad tilaymiz! Faqat oldinga — O'zbekiston uchun yangi medallar sari!

Fikrlar